Si Szinpin Bayden bilan uchrashuvni qanday baholadi?
XXR Raisi AQSH vitse-prezidenti bilan muloqotda bu haqda gapirdi.

XXR raisi Si Szinpin AQSH Prezidenti Jozef Bayden bilan Balidagi uchrashuvini konstruktiv deb baholadi. Bu haqda u Bangkokda Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti Kamala Xarris bilan uchrashuvda gapirgan.
“Balidagi Bayden bilan uchrashuvim konstruktiv va strategik ahamiyatga ega, u Xitoy-Amerika munosabatlarining yangi bosqichida asosiy rolni o‘ynaydi”, – degan u.
Bayden va Si Szinpin dushanba kuni G20 sammiti doirasida uchrashdi. U uch yarim soatdan ortiq davom etgan.







