Jahon

Zelenskiy: Rossiyaning maqsadi tinchlik emas, qisqa tanaffus olish

Ukraina Prezidenti bundan ko‘zlangan maqsadni ochiqladi.

Zelenskiy: Rossiyaning maqsadi tinchlik emas, qisqa tanaffus olish

 

Rossiya qisqa muddatli yarashuv hisobiga harbiy harakatlardan tanaffus olmoqchi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼlum qildi.

 

“Rossiya hozir qisqa muddatli yarashuvga intilmoqda — maqsad kuchlarni tiklash uchun tanaffus olish. Kimdir buni urushning yakuni deyishi mumkin, ammo bunday to‘xtalishlar vaziyatni yana-da yomonlashtiradi”, – degan Prezident Galifaks xalqaro xavfsizlik forumidagi onlayn chiqishida.

 

Zelenskiyning fikricha, hududiy yon berishlar Rossiya bilan tinchlikni kafolatlamaydi. U haqiqiy barqarorlikka erishish uchun RF agressiyasi unsurlarini butunlay yo‘q qilish kerakligini taʼkidlagan.

 

Ukraina yetakchisi tinchlik uchun 10 ta tashabbusini eslatgan. Ularning orasida Rossiya qo‘shinlarini butunlay olib ketish, radiatsion va yadro xavfsizligi, oziq-ovqat va energetik xavfsizlik, barcha asir va deportatsiya qilinganlarni ozod qilish, BMT Nizomiga rioya etish va Ukraina hududiy yaxlitligini tiklash kabi shartlar bor.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Zelenskiy: Rossiyaning maqsadi tinchlik emas, qisqa tanaffus olish | Zamon.uz