Chiroqchida fuqarolar o‘rtasidagi mushtlashuv pichoqbozlik bilan tugadi
Holat yuzasidan IIB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv bo‘layotgani aks etgan tasvirlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 11 noyabr kuni soat 20:30 larda Chiroqchi tumani “Yangi dam” MFYda fuqarolar X.S. va O‘.P.lar o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan. Ularni ajratishga borgan fuqaro B.J.ni fuqaro O‘.P. o‘tkir tig‘li jism bilan hech bir sababsiz chap biqin sohasiga bir marotaba urib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye”,“l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.P. Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining ajrimiga asosan ayblanuvchi O‘.P.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda Chiroqchi tuman IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.








