Jo Baydenning nabirasi turmushga chiqdi
To‘y Oq uyda bo‘lib o‘tgan.

AQSH prezidenti Jo Baydenning nabirasi Naomi Oq uyda turmushga chiqdi.
Tadbir matbuot uchun yopiq tarzda o‘tkazildi. To‘y Oq uyning janubiy maysazorida bo‘lib o‘tdi va unda 250 ga yaqin mehmon qatnashdi. 28 yoshli Naomi Baydenning turmush o‘rtog‘i 25 yoshli Piter Nil bo‘lib, u hozirda Jorjtaun universiteti Milliy xavfsizlik bo‘yicha huquq markazida ishlaydi.
Marosim Oq uyda bo‘lib o‘tgan 19-to‘y bo‘ldi, biroq uzoq to‘qqiz yillik tanaffusdan keyin birinchisi.
Naomi prezident Jo Baydenning yetti nevarasining eng kattasi, Xanter Bayden va uning sobiq rafiqasi Ketlin Bouletning qizi. U Kolumbiya yuridik universitetini tamomlagan.
Prezident oilasining a’zolari sifatida Naomi va Piter Oq uyda istiqomat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp va aktrisa Marla Meyplsning kenja qizi, 29 yoshli Tiffani Tramp turmushga chiqqan edi. Kuyov 25 yoshli nigeriyalik milliarder Maykl Bulos.








