Namanganda Lacetti yuk mashinasi bilan YTHga uchradi
Holat bo‘yicha YHXB ma’lumot berdi.

Kecha, 19-noyabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat IIB YHXB ma’lumot berdi.
To‘qnashuv soat 21:50 larda 4R-122 Farg‘ona halqa yo‘lining 52 kilometrida yuz bergan. Chustnon-Do‘stlarobod MFY hududida Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan MAN rusumli transport vositasiga urilgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan Lacetti haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.








