NATO Rossiya bilan ziddiyatga intilmayapti
Alyans Ukrainadagi mojaroga aralshmaydi.

Pentagon rahbari Lloyd Ostinning ta’kidlashicha, NATO Rossiya bilan ziddiyatga intilmayapti va Ukrainadagi mojaroga aralashmaydi.
“Xonimlar va janoblar, NATO mudofaa ittifoqidir va Rossiya bilan qarama-qarshilikka intilmaydi. Bu Rossiyaga tahdid solmaydi. Xato qilmang, biz Putin tanlagan urushga qo‘shilmaymiz”, - dedi Ostin.
U Ukrainadagi mojaroni Amerika sovuq urush tugaganidan beri duch kelgan eng katta xavfsizlik inqirozi deb atadi.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etgan. Dmitriy Peskov Ukrainaga Gʻarbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.








