Samarqandda yo‘lovchi avtobus YTHga uchradi
Holat bo‘yicha YHXB ma’lumot berdi.

Bugun, 20 noyabr kuni Samarqand shahrida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv soat 12:45 larda Samarqand shahar Shohi Zinda ko‘chasida yuz bergan. Unda 1977 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi Malibu, 1988 yilda tug‘ilgan N.U. boshqaruvidagi Cobalt, 1996 yilda tug‘ilgan T.O. boshqaruvida bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtirokida o‘zaro to‘qnashgan va Cobalt avtomobili ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.








