Jahon

Sayyoramiz reanimatsiyada qolmoqda-BMT

Kechikib yakunlangan iqlim sammiti tafsilotlari ma’lum qilindi.

Sayyoramiz reanimatsiyada qolmoqda-BMT

BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yig‘ilishi Sharm al-Sheyxda o‘z ishini rejalashtirilganidan ikki kun kech yakunladi. 


Bu vaqt davomida ishtirokchilar yakuniy deklarasiyani kelishib olishga harakat qilishdi. Ushbu hujjat, xususan, dastlab rivojlangan davlatlar, shuningdek, jismoniy shaxslar, jamoat tashkilotlari va xalqaro moliya institutlarining badallari hisobidan shakllantiriladigan jamg‘armani tashkil etishni nazarda tutadi. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p jabrlangan mamlakatlarga yo‘naltiriladi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQSH Xitoydan ushbu fondga majburiy badallar kiritishni talab qildi. Ushbu band bo‘yicha kelishuvga erishilmadi, ammo chora ko‘rib chiqilmoqda.

Uchrashuvning ko‘plab ishtirokchilari natijalardan norozi bo‘lishdi. Xususan, yakuniy deklarasiyada issiqxona gazlari chiqindilarini keskin kamaytirish zarurligi to‘g‘risidagi band kiritilmaganiga e’tibor qaratildi.


BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish uchrashuv yakunlarini sharhlar ekan, “Sayyoramiz reanimasiya bo‘limida qolishda davom etmoqda.Hozirda biz chiqindilarni keskin cheklashimiz kerak, ammo bu muammo bu yig‘ilishda tilga olinmadi. Jamg‘arma zudlik bilan kerak, iqlim o‘zgarishi tufayli bu ketishda kichik orol davlati okeanda yo‘qolib qolsa, butun Afrika qit’asi cho‘lga aylanadi”, dedi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Sayyoramiz reanimatsiyada qolmoqda-BMT | Zamon.uz