O'zbekiston

Sirdaryoda yangi IES ishga tushirildi

Joriy yilning mart oyida uning qurilishiga start berilgan.

Sirdaryoda yangi IES ishga tushirildi


Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan qurilgan, quvvati 220 MVt bo‘lgan yangi gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi bugun, 20 noyabr kuni soat 10:22 da O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi.

Mazkur elektr stansiya yiliga 1,7 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Stansiyada o‘rnatilgan qurilmalarning foydali ish koeffitsienti yuqoriligi hisobiga yiliga 150 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz bilan qo‘shimcha 685 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Sstansiya qurilishi davomida 700 nafargacha, ishga tushgandan keyin esa 100 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29-mart kuni O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari tomonidan mazkur elektr stansiya qurilishiga start berilgan edi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Sirdaryoda yangi IES ishga tushirildi | Zamon.uz