Surxondaryoda fermerlar o‘zini traktor tagiga tashlamoqchi bo‘ldi
Holatga IIB matbuot kotibi izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida “Surxon Cotton Textile Cluster” MCHJ hamda “P.Turopov” va boshqa 13 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan IIV matbuot kotibi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 18 noyabr kuni mazkur kelishmovchiliklar ochiqdan-ochiq janjalga aylanib, voqea ishtirokchilari o‘zlarini traktor tagiga tashlash, bir-biriga hamda o‘zgalarning transport vositalariga shikast yetkazish kabi harakatlarni amalga oshirganlar.
Chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan hududiy ichki ishlar organlari xodimlari jamoat tartibini tiklab, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazganlar.
”Ichki ishlar organlari xodimlari tadbirkorlarning yoki fermerlarning ish faoliyatiga aralashish huquqlari yo‘q. Lekin maqsadidan qat’iy nazar jamoat tartibini buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, - deyiladi xabarda.








