Jahon

KXDR  Antoniu Guterrish «AQSHning qog‘irchog‘i» deb atadi

Pxenyan BMT Bosh kotibini noxolislikda ayblagan.

KXDR  Antoniu Guterrish «AQSHning qog‘irchog‘i» deb atadi

 

KXDR tashqi ishlar vaziri Choy Song Xi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Koreya yarimoroli atrofidagi vaziyatga noxolis munosabatidan afsusda ekanligini bildirdi va uni “AQSHning qo‘g‘irchog‘i”deb atadi.

 

“Xalqaro hamjamiyat Koreya yarimoroli hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun barcha ofatlarning manbai bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarning provokatsion harakatlarini cheklash va to‘xtatish muhimligi haqida baland ovozda gapirishi kerak. Bosh kotib AQSH qo‘g‘irchog‘i ekanligidan dalolat beradi.

Oxirgi paytlarda men BMT Bosh kotibini Oq uy yoki Davlat departamenti xodimi bilan tez-tez adashtiraman. U bunday ayanchli yondashuvni tanlaganidan chuqur afsusdaman,  bosh kotib o‘z maqsadlari va tamoyillarini unutib qo‘ygan. BMTning vazifasi  xolislik va adolatni saqlash ”, - dedi Choy Song Xi.

 

Uning tushuntirishicha, 18 noyabr kuni Antoniu Guterrish yana “KXDRning o‘zini himoya qilish huquqidan adolatli foydalanishni provokatsiya” deb atadi.

 

KXDR TIV rahbarining taʼkidlashicha, yil davomida AQSH va uning ittifoqchilari yarim orolda turli “yadroviy strategik qurollar”ni qo‘llagan holda KXDRga qarshi “yadro urushi uchun repetitsiyalar” o‘tkazgan, bu esa keskinlikka olib kelgan.

 

18 noyabr kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Shimoliy Koreyaning yangi qitʼalararo raketa uchirilishini qoraladi va Pxenyanni Koreya yarim orolida tinchlikka erishish uchun muloqotni qayta boshlashga chaqirdi.

 

 

 

 

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"