Namanganda og‘ir oqibatli YTH yuz berdi
To‘qnashuvda bir kishi vafot etgan.

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-taransport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIB YHXB xabar qildi.
Qayd etilishicha, avtohalokat joriy yilning 15-noyabrt kuni soat 09:30 larda Kosonsoy–To‘raqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 22-killmetrida yuz bergan. Unda 1960 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “VAZ–2101” rusumli avtomashina 2-darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib kelib, chap tomondan kelayotgan “Malibu” rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormasdan, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
To‘qnashuv oqibatida “VAZ–2101” haydovchisi bosh miya chayqalishi qo‘shma shikasti bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.








