Turkiya Suriya shimolida quruqlik qo‘shinlari bilan harbiy amaliyot boshlashi mumkin
Kecha ushbu hududga turk samolyotlari aviazarba bergandi.

Turkiya Suriya shimolida quruqlik qo‘shinlari ishtirokida harbiy amaliyot boshlashi mumkin. Bu haqda Yeni Şafak gazetasi xabar berdi.
Yakshanba kuni Anqara Suriyadagi kurd bo‘linmalariga qarshi havo zarbalari berdi. U 13 noyabrda Istanbulda yuz bergan teraktga javoban ushbu harakatlarni amalga oshirgan.
“Amaliyot davomida terrorchilarning 89 obyekti yo‘q qilindi. Kurdiston ishchi partiyaning ko‘plab aʼzolari, jumladan, bir qator yuqori martabali rahbarlari halok bo‘ldi. Amaliyot Suriyada quruqlik qo‘shinlari ishtirokida operatsiyaning birinchi bosqichi sifatida ko‘rilmoqda”, – degan gazeta manbasi.
Qayd etilishicha, kecha Turkiyadagi olti aviabazadan bir vaqtning o‘zida havoga ko‘tarilgan samolyotlar Suriya va Iroq shimoliga zarba bergan.







