O'zbekiston

Prezident g‘oyasi bilan “Turkiy adabiyot durdonalari” majmuasi nashr etildi

100 jildik to‘plam jami 1010 nafar muallifni qamrab olgan.

Prezident g‘oyasi bilan “Turkiy adabiyot durdonalari” majmuasi nashr etildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-oktyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida Tashkilotga a’zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat “Turkiy adabiyot durdonalari” deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumini har bir mamlakatning ona tilida nashr etish g‘oyasini ilgari surgandi.

 

Ushbu tashabbus asosida turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlarning milliy adabiyoti namunalaridan iborat 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” asarlar majmuasi nashr etildi.

 

22 noyabr kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida majmuaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

 

Mazkur to‘plamga umumturkiy adabiyotning qadimgi davrlarda to XXI asrning shu kunlariga qadar yaratilgan sara namunalari, ya’ni O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, shuningdek, kuzatuvchi mamlakatlar – Turkmaniston va Vengriya davlatlarining atoqli shoir, adib va mutafakkirlarining asarlari kiritilgan.

 

Majmuada barcha turkiy tilli xalqlar adabiyoti vakillariga keng o‘rin berilgan. Xususan, “Umumturkiy adabiyot namunalari” deb nomlanuvchi dastlabki 5 jilddan Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” va Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Ahmad Yassaviy va Sulaymon Boqirg‘oniyning “Hikmatlar”i hamda Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” kabi mumtoz asarlari o‘rin olgan. 

 

28 jildni tashkil etgan “O‘zbek adabiyoti namunalari” hazrat Mir Alisher Navoiyning “Saylanma g‘azallari” bilan boshlanib, qoraqalpoq adabiyoti namunalarini ham o‘z ichiga oladi. Majmuada turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz va turkman ijodiyotiga ham keng o‘rin ajratilgan. Jumladan, Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, Nozim Hikmat, Nizomiy Ganjaviy, Nasimiy, Fuzuliy, Samad Vurg‘un, Abay, Muxtor Avezov, Sobit Muqonov, Chingiz Aytmatov, To‘lagan Qosimbekov, Mar Boyjiyev, Maxtumquli, Mullanafas, Otajon Tog‘on kabi mumtoz va zamonaviy adabiyotning 100 dan ortiq namoyandlari qalamiga mansub noyob meros jamlangan. Aron Yarosh va taniqli venger adiblarining mashhur asarlari yakunlovchi jild sifatida taqdim etilgan.

 

“Turkiy adabiyot durdonalari” to‘plami jami 1010 nafar muallifni qamrab olgan.

 

Umuman, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan qisqa muddatda katta mehnat, zalvorli ijodiy ish amalga oshirildi. Majmua uchun materiallar to‘plash maqsadida qardosh davlatlarga bir necha bor ijodiy safarlar uyushtirildi. 50 nafarga yaqin adabiyotshunos va matnshunos olimlar, adiblar, muharrir, rassomlar majmuani nashrga tayyorlash va chop etish ishlariga keng jalb etilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident g‘oyasi bilan “Turkiy adabiyot durdonalari” majmuasi nashr etildi | Zamon.uz