Tailandda politsiya binosi portlatildi
Bomba avtomobilga o‘rnatilgan.

Tailand janubidagi politsiya bo‘limi yaqinida bomba o‘rnatilgan avtomobil portladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Xabar qilinishicha, portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 29 kishi yaralangan. Halok bo‘lganlar orasida politsiyachilar ham bor.
Hududda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin. Politsiya binosi to‘liq vayron bo‘lgan.







