Okean suvining isishi Britaniya kemalarini ishdan chiqarmoqda
Ilib qolgan suv “termo yopinchiq” vazifasini bajarmoqda

Dunyo okeanida suv harorati oshishi Britaniya hariy dengiz kuchlari kemalarining dvigatellariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda The Daily Telegraph xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, dvigatellarni sovutishi kerak bo‘lgan dengiz suvi uning ishdan chiqishiga sabab bo‘luvchi "termo yopinchiqqa" aylangan. Bu ayniqsa havo harorati 38-40 dajaga yetganida yaqqol seziladi.
Bundan avval ham Britaniya parlamenti Qirollik floti kemalari issiq suvda uzoq muddatli missiyalarni bajara olmasligini ma’lum qilgandi.
Ekspertlar harorat ko‘tarilishi Kipr kabi issiq hududlarda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishga to‘sqinlik qilishini aytmoqda.








