O'zbekiston

Prezident kosmik faoliyatni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi

O‘zbekistonda kosmik suratlar orqali qonunbuzarliklar aniqlanishi mumkin.

Prezident kosmik faoliyatni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev kosmik faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Davlat rahbarining 2019 yil 30 avgustdagi farmoniga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida “O‘zbekkosmos” agentligi tashkil etilgandi. O‘tgan davrda bu sohada me’yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlash, infratuzilma yaratish bo‘yicha muayyan ishlar qilindi. Lekin bugungi kunda kosmosdan foydalanish miqyosi shunchalik kengki, hali bu borada o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p.

 

Masalan, 2020 yilda dunyoda kosmik xizmatlar bozorining umumiy hajmi 400 milliard dollarga yaqinlashgan. Bunda asosiy o‘rinni yerni masofadan zondlash, aloqa yo‘ldoshlari, navigasiya xizmatlari egallamoqda. Kelajakda kosmosdan foydalanish ehtiyoji yanada ortib boraveradi.

 

Shu bois, Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, kosmik tarmoqni rivojlantirishning 5 yillik konsepsiyasi va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Ularda yerni masofadan zondlash, telekommunikasiya sun’iy yo‘ldoshlari milliy guruhini yaratish, ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish, kadrlar tayyorlash, aerokosmik startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadlar belgilangan.

 

Shuningdek, “O‘zbekkosmos” agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatish mo‘ljallanmoqda. Bular – kosmik suratlarni tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, davlat kosmik monitoringini amalga oshirish, bu jarayonda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash kabilardir.

 

Davlat rahbari bu chora-tadbirlarning natijadorligi qanday bo‘lishini so‘radi.


Qayd etilishicha, bu tarmoq rivoji qishloq va suv xo‘jaligi, yer munosabatlari, ekologiya, geologiya kabi ko‘plab sohalarda qo‘l keladi. Masalan, ekinlarning turi va maydoni, yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy chiqindi joylari paydo bo‘lishini aniqlash darajasi 95 foizgacha yetadi. Suv inshootlari, yer qa’ri va foydali qazilmalar muhofazasi ham yanada kuchayadi.

 

Prezident bu takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni qabul qilishga ko‘rsatma berdi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident kosmik faoliyatni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi | Zamon.uz