Rossiya Hindistonga o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Jahon bozorida o'g'it narxi keskin ko'tarilgan.

Rossiya 2022/23-moliyaviy yilning birinchi yarmida ilk marta Hindistonning eng yirik o'g'it yetkazib beruvchisiga aylandi. 1-apreldan boshlangan moliya yilining dastlabki olti oyida Rossiyadan mamlakatga o‘g‘it importi 371 foizga o‘sib, rekord darajadagi 2,15 million tonnani tashkil etgan.
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyat kuchayganidan beri Hindiston oʻrtacha narxlarda oʻgʻit olishga qiynaldi. G‘arb Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalar joriy etganidan keyin mart oyidan jahon bozorida o‘g‘itlar narxi ko‘tarildi.
O'g'itlarning barcha asosiy turlari - ammiakning jahon eksportining qariyb 22 foizi, karbamidning 14 foizi va monoammiak fosfatining (MAP) taxminan 14 foizi Rossiya hissasiga to'g'ri keladi.







