Toshkentda 3 ta mashina YTHga uchradi
YHXB hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Bugun, 23-noyabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodlir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB ma’lumot berdi.
YTH soat 15:10 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yuz bergan. Unda 1978 yilda tug‘ilgan N.D. boshqaruvidagi VAZ–2106, 1990 yilda tug‘ilgan K.A. boshqaruvidagi Lasetti va 1993 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Kobalt o‘zaro to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yuq. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.








