Xitoyda iPhone ishlab chiqariladigan zavod ishchilari namoyish o‘tkazmoqda
Bunga koronavirus cheklovlari sabab bo‘lishi mumkin.

Xitoyning Chjeyechjou shahridagi Foxconn zavodi ishchilari yirik norozilik namoyishlarini boshladi. Bu zavod iPhone ishlab chiqariladigan dunyodagi eng yirik korxona hisoblanadi.
Reuters agentligi Twitter va Xitoyning Weibo mikroblogi orqali tarqalgan videolarga tayanib shunday xabar bergan. Videoda bir guruh ishchilarni ko‘rish mumkin, shu bilan birga ularning aniq soni maʼlum emas.
Ular kuzatuv kameralari va Foxconn kampuslari derazalarini sindirgan. Voqea joyiga politsiya kuchlari yetib kelgan. Xitoy rasmiylari hozircha holat yuzasidan hech qanday izoh bermadi.
Noyabr boshida Apple Foxconn koronavirus cheklovlari tufayli ancha sust ishlayotganini maʼlum qilgandi. Zavod joylashgan Chjenchjou shahrida sentyabr o‘rtalarida karantin cheklovlarini joriy etgandi. Foxconn ichida esa sanitar choralari kuchaytirilgan. Natijada ayrim xodimlar ish joyini tashlab ketgan.







