“Aeroflot” Farg‘onaga parvozlar chastotasini oshirmoqda
Moskva-Farg‘ona-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha yangi reysni joriy qilindi.

“Aeroflot” Farg‘onaga parvozlar chastotasini oshirmoqda. Bu haqida "Uzbekistan airports" maʼlum qildi.
Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi 19 noyabr kuni Moskva-Farg‘ona-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha yangi reysni joriy qildi.
Parvozlar haftasiga uch marta, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari 158 o‘ringa mo‘ljallangan Airbus-320 samolyotida amalga oshiriladi.
Uchib borish aeroporti - Sheremetevo. Aytilishicha, dastlabki bosqichda parvozlar charter asosida amalga oshiriladi.







