Andijonda o‘quvchi qiz o‘qituvchini tepib, haqorat qildi
Holatga viloyat IIB rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida 7-sinf o‘quvchisi o‘qituvchini haqoratlab, uni tepgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB va XTB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea Ulug‘nor tumani “Mingchinor” MFYda joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Holat tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan nazoratga olingan va tegishli hamkor tashkilotlar bilan o‘rganish ishlariga yo‘naltirilgan.
“Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Vaziyatga to‘laligicha oydinlik kiritilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.








