Boris Jonson Kiyevning faxriy fuqarosi bo‘ldi
“Jonson yaxshi va yomon kunlarimizda yonimzda turdi”, dedi Vitaliy Klichko.

Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Boris Jonson Kiyevning faxriy fuqarosiga aylandi. Bu haqda poytaxt meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Kiyev shahar kengashi Ukrainaning “buyuk do‘sti” Boris Jonsonga Kiyevning faxriy fuqarosi unvonini berish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagan.
“Boris tinch davrda ham, Rossiya bosqiniga qarshi kurashning eng keskin davrida ham Ukraina poytaxtiga tashrif buyurdi. Ishonamanki, Buyuk Britaniya va jahon yetakchilari Ukrainaga zarur yordam ko‘rsatish uchun qo‘lidan kelgan ishni qilishda davom etadi”, — deya ta’kidladi mer.








