Buxoroda o‘zganing rasmini internetda tarqatmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan tovlamachi ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro Z.X. (muqaddam sudlangan) boshqa bir fuqaro A.J.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan video va fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborishi bilan qo‘rqitib, evaziga undan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








