Davlat boshqaruvi organlari kosmik suratlar bilan taʼminlanadi
Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruvi organlarini kosmik suratlar bilan taʼminlash, shuningdek, kosmik texnologiyalarni qo‘llash orqali ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2023-yil 1-fevralgacha davlat kosmik monitoringi o‘tkaziladigan sohalarga oid davlat kadastrlari maʼlumotlari “Elektron hukumat”ning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmog‘i orqali taqdim etish bo‘yicha o‘zaro integratsiya qilinadi.
Shuningdek, O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan sunʼiy yo‘ldosh orqali ishlovchi mobil qurilmalar va terminallarni ro‘yxatga olish tartibi ishlab chiqiladi.







