Jahon

ISW: Rossiya butun Ukrainani nazoratga olish fikridan qaytmagan

Ekspertlar Kreml nima uchun bir-biriga zid bayonot berayotganini taxmin qildi.

ISW: Rossiya butun Ukrainani nazoratga olish fikridan qaytmagan

 

Kreml butun Ukrainani nazoratga olish maqsadidan qaytmagan, ammo G‘arb davlatlarini chalg‘itish uchun uni ortga surgan. Bu haqda Amerika urush tadqiqotlari instituti (ISW) ekspertlarining navbatdagi hisobotida so‘z boradi.

 

Moskva G‘arbning Ukrainaga muzokaralar stoliga borishi uchun bosim o‘tkazishini istayapti. Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov 21 noyabrda Rossiya Ukrainada hokimiyat almashinishini maqsad qilmaganini, RF Prezidenti bu haqda bir necha bor aytganini taʼkidlagandi. Amalda Putin ushbu bayonotning butunlay aksini gapirgandi.

 

Kreml maqsadlarining chalkash ko‘rinishi G‘arb auditoriyasi uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida Rossiyadagi urush tarafdorlarini ham chalg‘itmoqda.

 

Ekspertlarning fikricha, Putin o‘ta millatchi va moʻtadil tezislar o‘rtasida muvozanat saqlashga harakat qilmoqda, bu uning Rossiya jamiyatidagi turli aholi qatlamlarining qo‘llab-quvvatlashiga harakat qilayotganidan dalolat beradi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

ISW: Rossiya butun Ukrainani nazoratga olish fikridan qaytmagan | Zamon.uz