Yevrokengash rahbari Xitoyga boradi
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ochiqlandi.

Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel dekabr oyi boshida Pekinga boradi. Bu haqda Financial Times gazetasi ikki manbaga tayanib xabar berdi.
Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, Mishel XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashadi. Tashrif orqali G‘arb bilan Xitoy o‘rtasida keskinlashib borayotgan munosabatlar fonida Bryussel-Pekin o‘rtasidagi aloqalarni saqlab qolish maqsad qilingan.
So‘nggi vaqtlarda G‘arb, xususan, YEIning Xitoy rahbariyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari jonlandi. Xususan, noyabr boshida Germaniya kansleri Olaf Shols Si Szinpin bilan uchrashgandi. O‘tgan haftada Balida AQSH yetakchisi Jozef Bayden xitoylik hamkasbi bilan muzokara o‘tkazdi.







