Belarus tashqi agressiyaga uchrasa, KXSHTdan yordam so‘raydimi?
So‘z Lukashenkoga.

Belarus hududi tashqi hujumga uchragan taqdirda Minsk KXSHTdan yordam kutmaydi. Bu haqda Respublika Prezidenti Aleksandr Lukashenko maʼlum qildi.
"Biz albatta, hech qachon bunday yordamga qarshi bo‘lmaymiz. Yordamdan voz kechmaymiz. Ammo menimcha, hatto shunday holatda ham KXSHTni harakatga keltirmaymiz. Biz qanday javob berishimizni tasavvur ham qila olmaysiz", — degan Belarus rahbari.
Bundan oldin Lukashenko uning mamlakatiga hujum qilinsa, "butun Yevropani titratadigan" javob berilishini aytgandi. U, shuningdek, bunday vaziyatda Rossiya bilan qo‘shma qurolli kuchlar guruhi ham ishga tushirilishini qayd etgan.







