Merkel: Rossiyaning Ukrainaga hujumi men uchun “syurpriz” bo‘lmadi
Sobiq kansler siyosatni tark etganidan afsuslanayotganini maʼlum qilgan.

Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel uchun Rossiyaning Ukrainaga bosqini kutilmagan voqea bo‘lmagan. Bu haqda Spiegel jurnaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Bu men uchun kutilmagan voqea emasdi. 2021 yozida Bayden va Putin ko‘rishganida men Putin bilan muloqot uchun mustaqil Yevropa formatini tuzishni taklif qilgandim. Ammo kimdir qarshilik bildirdi, menda esa o‘z fikrimni qatʼiy ilgari surish uchun kuch qolmagandi, chunki hamma kuzda lavozimdan ketishimni bilardi”, – degan siyosatchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2021 yil avgustida Moskvaga tashrifi davomida ham unga shunday munosabat bo‘lgan. shuningdek, Merkel Putin uchun faqatgina kuch ahamiyatga egaligini taʼkidlagan.
Shu bilan birga sobiq kansler siyosatdan ketganiga afsuslanishini bildirdi. U yangi yetakchilar turli global va ichki siyosiy muammolar bilan shug‘ullanishi lozimligini qayd etgan.







