O'zbekiston

Navoiyda so‘nggi uch yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushirildi

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahrida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida nutq so‘zlamoqda.

Navoiyda so‘nggi uch yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushirildi

 

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida mehnatkash, bag‘rikeng, ko‘pmillatli viloyat ahliga chuqur hurmat va ehtiromini bildirdi.

 

Navoiyda oxirgi uch yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushgani taʼkidlandi.

 

Buning natijasida 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi, yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport paydo bo‘ldi.

 

Yaqinda ishga tushgan “Balpan-tog‘” va “Tomdi-buloq” konlaridan yiliga 3 million tonnadan oltinga boy maʼdan qazib olinadi.

 

Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida Turbay konini kengaytirish bo‘yicha 130 million dollarlik loyiha ishga tushirish arafasida turibdi. Pistali konida oltinni qayta ishlash bo‘yicha 275 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda.

 

Karmanada 35 million dollarlik kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi, Qiziltepada 10 million dollarlik qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi hamda Tomdida 70 million dollarlik fosforit ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Kelgusi yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianit tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda so‘nggi uch yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushirildi | Zamon.uz