Rossiya YUNESKO raisligidan mahrum bo‘ldi
Bu Ukraina saʼy-harakatlari natijasida sodir bo‘ldi.

Rossiya bundan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari qo‘mitasiga (YUNESKO)raislik qilmaydi, lekin aʼzoligicha qoladi.
Bu uzoq davom etgan jarayon bo‘lib, uning ortida ukrainalik diplomatlar, Ukraina Madaniyat va axborot siyosati vazirligining mashaqqatli mehnati turibti, deyiladi Korrespondent.net xabarida.
YUNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining navbatdagi 45-sessiyasi 2022-yil yozida Qozon shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo Ukraina tashkilotga aʼzo davlatlardagi ko‘plab hamkorlari bilan birgalikda sessiyani ushbu davlat hududida o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik masalasini ko‘tardi. Kiyev, shuningdek, RF qo‘mita raisligidan mahrum qilish zarurligini faol ravishda taʼkidlab kelgan.
Ukraina prezidentining YUNESKO Ijroiya kengashi aʼzolari oldidagi ilk chiqishida Vladimir Zelenskiy bu bo‘yicha aniq pozitsiyani bildirgandi.







