Jahon

Vengriya qachon Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini maʼqullashi maʼlum bo‘ldi

Hozirga qadar alyansning 28 aʼzosi bu davlatlarning blokka qo‘shilishiga rozilik bildirgan.

Vengriya qachon Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini maʼqullashi maʼlum bo‘ldi

 

Vengriya parlamenti Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risida shartnomani 2023 yilda ratifikatsiya qiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Viktor Orban Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy bilan uchrashuvda maʼlum qilgan.

 

“Men janob Orbanga Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzoligi bo‘yicha kelishuvni maksimal darajada tez ratifikatsiya qilishni so‘radim. U keyingi yil parlamentning ilk sessiyasida buni amalga oshirishga vaʼda berdi. demak, bir oydan sal ko‘proq muddatdan so‘ng ratifikatsiya bo‘ladi”, – degan Polsha hukumati rahbari.

 

Orban Xelsinki va Stokgolm Vengriya tufayli bir daqiqa ham vaqtini yo‘qotmasligini taʼkidlagan va ularning alyansga qo‘shilishi bo‘yicha zarur yordamni vaʼda qilgan.

 

Hozirga qadar NATOga aʼzo 28 davlat Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini maʼqulladi. Faqatgina Vengriya va Turkiya buni ratifikatsiya qilmagan. Turkiya bu ikki davlatni o‘ziga qarshi jangari guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.