O'zbekiston

Samarqandda “Xalq banki” xodimi pora bilan ushlandi

U salkam 100 mlnlik davlat bojini yo‘qotib bermoqchi bo‘lgan.

Samarqandda “Xalq banki” xodimi pora bilan ushlandi

 

Samarqand viloyatining Samarqand shahrida bank xodimi pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 2022-yil 21-noyabr kuni fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, bank xodimi moddiy manfaatdorlik evaziga davlat bojini yo‘qotib berishini aytganini va ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

 

Fuqaro “Xalq banki”ning Samarqand viloyat filialidan 830 mln so‘m kredit olgan va xususiy korxonasi garovga qo‘yilgan. To‘lovni vaqtida to‘lay olmagani sababli kredit qarzdorligi bo‘yicha ish sudga oshirilgan. Bank xodimi esa sud tomonidan tayinlanadigan 93 mln so‘m davlat bojini yo‘qotib berishini aytib, evaziga 3 ming AQSH dollari miqdorida pul so‘ragan va dastlab 1050 AQSH dollari olgan.

 

Arizaga asosan 21-noyabr kuni IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bank xodimi ariza muallifidan qolgan 1950 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

 

Hozirda u Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandda “Xalq banki” xodimi pora bilan ushlandi | Zamon.uz