Dunyodagi eng go‘zal ko‘chalar
Ularning har biri o‘ziga xos va takrorlanmas arxitekturaga ega.

Aytishlaricha, butun dunyoni aylanib ham bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan ko‘chalarni topa olmas ekansiz. Ularning har biri o‘ziga xos va takrorlanmas arxitekturasi bilan xotiramizda qoladi. Bugun siz uchun dunyodagi eng go‘zal ko‘chalar ro‘yxatini tayyorladik.
Falsafa yo‘lagi, Yaponiya

Yaponiyaning Kioto shahrida joylashgan bu ko‘cha 2 km bo‘lib, olcha daraxtlari bilan mashhur. Ko‘cha YUNESKOning butunjahon merosiga kiritilgan Ginkaku-dzi ehromiga olib boruvchi anhor bo‘ylab tushgan. Tetsugaku no michi ko‘chasida sayr qilish uchun eng yaxshi vaqt – aprel oyi sanaladi.
Shambles (Shambles), Buyuk Britaniya

Shambles tor ko‘chasining ikki tomonida XIV asrda qurilgan binolar joylashgan. Qadimiy binolar va tor ko‘chalarni sevuvchilar bu yerga albatta kelishi kerak.
Calleja de las Flores, Ispaniya

Andalusiyaning Kordoba ko‘chasida judayam mo‘jaz va chiroyli ko‘cha joylashgan bo‘lib, unda bir vaqtda ikki kishidan ortiq yura olmaydi. Ammo oppoq devorlar va ko‘p miqdordagi gullar kayfiyatingizni ko‘tarib, yaxshi taassurot qoldirishi aniq.
Kaminito, Argentina

Buenos-Ayresning La-Boka tumanida rangba-rang uylar joylashgan, ular 19 asr oxiri tarixini o‘zida aks ettiradi. Yevropalik migrantlar Italiyaning Genuyasidan ko‘chib kelishgach, daromadining pastligi sababli o‘zlariga uy qura olishmadi. Ular gofrometall plastlaridan xonalarni qurib, qo‘liga ilingan bo‘yoq bilan bo‘yashgan, bir rang tugagach boshqa ranglar ulanib ketavergan. Shunday qilib rangba-rang tuman paydo bo‘lgan.
Lombard-strit (Lombard Street), AQSH

San-Fransiskodagi Lobmard-strit eng ko‘p tashrif buyuriladigan joyga aylangan. Sayyohlar qaltis burilishlarda avtomobillarning harakatini kuzatish uchun ham ko‘p kelishadi. 1922-yilda qurilishi bitkazilgan ko‘cha baland tepaliklarda haydovchilarning sekin haydashini ta’minlash uchun shunday loyihalashtirilgan. Bu yerda tezlikni soatiga 8 kmdan oshirish mumkin emas.
Qiyi Street Chongron Alley, Xitoy

YUNESKOning butunjahon merosi ob’yekti – Xitoyning Liszyane shahridagi 1000 yoshli shaharcha o‘zining tartibga solingan anhor va yo‘lakchalari bilan mashhur. Kiyi Chongron yoki Uyi-stritda sayr qilib, sohil va mo‘jaz ko‘priklariga tikilib madaniy hordiq olishingiz mumkin.
Cherry Blossom Avenue, Germaniya

Har bahorning ikki-uch haftasida Cherri-Blumsom-avenyu ko‘chasi uzra gulalgan daraxtlarning mo‘jizaviy tonneli paydo bo‘ladi. Bonndagi bu ko‘cha – barcha sayyohlar va fotosuratchilarning eng sevimli ko‘chasi
Bregagh Road, Irlandiya

Shimoliy Irlandiyadagi Bregagh Road “qayinlar ko‘chasi” deb ham ataladi. U 18 asrda paydo bo‘lgan.
Yelisey maydoni, Fransiya

Parijdagi Yelisey “dunyodagi eng mashhur ko‘cha” maqomiga da’vogarlik qila oladi. Konkord maydonidan Gʻalaba arkasigacha cho‘zilgan 2 km uzunlikdagi ko‘chaning ikki betida daraxtlar va do‘konlarni ko‘rish mumkin.
“Soyabonlar ko‘chasi”

“Umbrella Sky Project” loyihasiga 2011 yilda an’anaviy Agitagueda san’at festivali doirasida asos solingan. Har yil yozda havo harorati ko‘tarilishi bilan Portugaliyaning Agueda ko‘chasidagi bir necha ko‘cha ustida soya va salqin havoni ta’minlashi uchun soyabonlar ilinadi.








