Farg‘onada ayol 3 kishini pichoqlab qo‘ydi
Hodisa istirohat bog‘ida yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 3 nafar qiz pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Makzur holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 26-noyabr kuni Farg‘ona shahrida yashovchi M.M.(ayol) Oltiariq tumani “Bozorboshi” MFY “Yashil xiyobon” nomli istirohat bog‘ida tanishlari D.B., O.R. hamda U. R.lar bilan janjallashgan va oshxona pichog‘i bilan urib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








