O'zbekiston

Namanganda 16 yoshli o‘smir o‘zganing avtomashinasini olib qochib, YTHga uchradi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namanganda 16 yoshli o‘smir o‘zganing avtomashinasini olib qochib, YTHga uchradi

 

Namangan viloyatining Chortoq tumanida o‘zganing avtomashinasini olib qochgan fuqaro yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 21 noyabr kuni Chortoq tumanida yashovchi 29 yoshli A.O. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 02:30 larda noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida unga tegishli bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasining qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, olib qochib ketilganligini ma’lum qilgan. 

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashina noma’lum shaxs tomonidan Pop tumani “Qo‘shminor” MFYdan o‘tuvchi A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining 249-kilometrida dastlab yo‘l chetidagi beton ustunga urilib, so‘ngra pastlikka tushib ketgan holda topilgan.

 

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsga dastlab birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatilib, shaxsiga oydinlik kiritilganda u muqaddam sudlangan Chortoq tumanida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli M.A. ekanligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga jiddiy shikast yetmaganligi sababli unga nisbatan qamoqqa olish tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Namanganda 16 yoshli o‘smir o‘zganing avtomashinasini olib qochib, YTHga uchradi | Zamon.uz