O'zbekiston

Toshkentda maktab o‘quvchisiga bosim o‘tkazilgani aytildi

Holatga IIV matbuot kotibi izoh berdi.

Toshkentda maktab o‘quvchisiga bosim o‘tkazilgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan o‘rta maktabda fuqarolar tomonidan o‘quvchi va o‘qituvchilarga bosim o‘tkazilganligi haqida video tarqalmoqda. Holatga Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21-oktyabr kuni Yangihayot tumanida joylashgan 331-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchilari — 2005 yilda tug‘ilgan Q.B. va Ya.S.larga maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Nasrullayeva tomonidan darslarga kechga qolib, maktabning ichki tartibini muntazam buzib kelishlari va xulqini yomonligi uchun tanbeh berilgan.

 

O‘quvchilarning birini onasi 1984-yilda tug‘ilgan U.D. maktabga yetib kelib, o‘g‘liga tanbeh bergan o‘qituvchini ayblab, janjal ko‘targan.

 

Chaqiruvga ko‘ra voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB Post-patrul xizmati xodimlari tomonidan surishtiruv o‘tkazilayotgan vaqtda holatga 1985-yilda tug‘ilgan M.A. aralashib, o‘quvchilardan biri Q.B.ni yuziga tarsaki tushirgan.

 

Holat yuzasidan fuqaro D.K.ga (o‘quvchining onasi) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda M.A.ga nisbatan 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda javobgarlik belgilangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda maktab o‘quvchisiga bosim o‘tkazilgani aytildi | Zamon.uz