AQSh Rossiya bilan strategik barqarorlik bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklamoqchi
Mamlakatning Moskvadagi ishonchli vakili bu bo‘yicha Vashingtonning pozitsiyasini ochiqladi.

AQSh Rossiya bilan strategik barqarorlik bo‘yicha muzokaralarni tiklash imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning RFdagi vaqtinchalik ishonchli vakili Elizabet Rud maʼlum qildi.
Diplomat tez orada ikki tomonlama maslahat komissiyalarining uchrashuvi bo‘lishini eslatgan. Unda Strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash to‘g‘risidagi kelishuvning amalga oshirilishi muhokama qilinadi.
“Prezident Bayden shartnoma2026 yilda muddati yakunlangandan keyin ham qurollar ustidan nazorat tizimini saqlab qolish bo‘yicha muzokaralarga qarshi emasligini aniq aytdi. Biz bu maqsadga sodiq qolamiz”, – degan Rud.
Shu bilan birga u strategik muloqotni qayta tiklash imkoniyatlari o‘rganilayotganini aytgan.







