O'zbekiston

Hukumatni ag‘darish, aeroportni bosib olish va Milliy gvardiyaga hujum…

Nukusdagi tartibsizlikni sodir etganlarga ayblov xulosasi o‘qib eshittirildi.

Hukumatni ag‘darish, aeroportni bosib olish va Milliy gvardiyaga hujum…


Bugun, 28-noyabr kuni Buxoro viloyat sudida Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 

 

Sud majlisi yakunida davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi o‘qib eshittirilgan. 

 

Uning qisqacha mazmuniga ko‘ra, D. Tajimuratov uyushgan guruh tashkil qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining amaldagi hukumatini ag‘darib, o‘zini Jo‘qorg‘i Kenges raisi lavozimiga tayinlash maqsadida joriy yilning 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirgan.

 

L. Kallixanova ushbu uyushgan guruhga birlashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, aholini ommaviy tartibsizlikka da’vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelgan.

 

A. Turdanov 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarda sportchilarni ishtirok etishini ta’minlagan va D. Tajimuratovni yelkasiga o‘tkazib, Jo‘qorg‘i Kengesni egallash maqsadida olib borgan.

 

A. Smetullayev va D. Djiyemuratov 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilgan va o‘zi ham faol ishtirok etib, D. Tajimuratovni qo‘llab-quvvatlaganlar.

 

B. Kadirbergenov odamlarni ommaviy tartibsizlikka jalb qilib, Jo‘qorg‘i Kenges va Nukus xalqaro aeroporti binolarini bosib olishga da’vat qilgan.

 

B. Seytniyazov Qozog‘iston Respublikasidagi “Allayar jolы” diaspora a’zosi bo‘lib, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishga va D. Tajimuratovni qo‘llab-quvvatlovchi bannerlar tayyorlashga yordam bergan.

 

A. Toqimbetov 2 iyul kuni Xo‘jayli tumanida yig‘ilgan odamlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi mustaqil bo‘lishi lozimligini ma’lum qilib, ularni ommaviy tartibsizlikka da’vat qilib, ularga yetakchilik qilgan.

 

Q. Seytimov 2 iyul kuni Qorao‘zak tumanida odamlarni to‘plab, ularni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, ularga yetakchilik qilgan.

 

A. Nuratdinov 2 iyul kuni Qonliko‘l tumanida odamlarni ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelib, ommaviy tartibsizliklarda yetakchilik qilgan.

 

S. Medetov 2 iyul kuni Shumanay tumanida odamlarni ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelib, ommaviy tartibsizliklarda yetakchilik qilgan.

 

N. Nayipov 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiluvchi videomurojaat tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan.

 

P. Shamshetov 2 iyul kuni odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilgan va o‘zi ham ularda faol ishtirok etgan.

 

R. Bekmuratov 2 iyul kuni “Naupir” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun safarbar qilingan Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilib, ularga tan-jarohat yetkazib, “PM” markali pistoletini olib qo‘ygan.

 

S. Kaipov 2 iyul kuni “Naupir” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun safarbar qilingan Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilib, ularga tan-jarohat yetkazgan. Bundan tashqari, separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videomurojaat tayyorlab, uni tarqatish maqsadida saqlab kelgan.

 

B. Genjebayev 2 iyul kuni Shumanay tumanida ommaviy tartibsizliklarda Farg‘ona viloyatidan kelgan o‘zbek millatiga mansub 3 nafar shaxsni to‘xtatib, ularga tan-jarohati yetkazib, 3,6 mln so‘m miqdoridagi pullarini va qat’iy hisobdagi hujjatlarini bosqinchilik yo‘li bilan olib kuygan.

 

S. Kalilayev 2 iyul kuni Kegeyli tumanida ommaviy tartibsizliklarga yetakchilik qilib, millatchilik zamirida Andijon viloyati hokimligi SHTABiga o‘t qo‘yib, mulklarini nobud qilgan.

 

P. Nurniyazov 2 iyul kuni Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari faoliyatini cheklash maqsadida yo‘llarni to‘sib, avtoshina yoqishda yetakchilik qilgan.

 

S. Kalimov 1 iyul kunidagi ommaviy tartibsizliklar uchun ma’muriy qamoqqa olinganlarni ozod qilish maqsadida ularni saqlash joyiga hujum qilib, o‘t qo‘ygan.

 

N. Sultamuratov Nukus shahar IIO FMBga qilingan hujumda faol ishtirok etib, daraxt yoqib, yo‘llarni to‘sgan.

 

A. Temirxanov ommaviy tartibsizliklarda Xo‘jayli guzari ko‘chasida “Molotov kokteyli”dan foydalanib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari faoliyatiga qarshilik qilgan.

 

A. Adilbekov ommaviy tartibsizliklarda To‘rtko‘l guzari ko‘prigida “Molotov kokteyli”dan foydalanib, huqfuqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari faoliyatiga qarshilik qilgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Hukumatni ag‘darish, aeroportni bosib olish va Milliy gvardiyaga hujum… | Zamon.uz