O'zbekiston

Ismatulla Ergashev Saudiya Arabistonining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus guruhi rahbari bilan uchrashdi

Tomonlar Afg‘onistondagi umumiy vaziyat yuzasidan fikr almashgan.

Ismatulla Ergashev Saudiya Arabistonining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus guruhi rahbari bilan uchrashdi

 

2022-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining Siyosiy masalalarni rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Afg‘oniston bo‘yicha maxsus guruhi rahbari Abdulla bin Holid bin Saud al Kabir bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, mamlakatga tezkorlik bilan insonparvarlik va boshqa yordamlar ko‘rsatish borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilindi.

 

Abdulla bin Holid bin Saud al-Kabir O‘zbekistonning bu boradagi amaliy qadamlarini yuqori baholadi, ayniqsa, joriy yilning iyul oyi oxirida Toshkentda “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganini taʼkidladi.

 

Tomonlar Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga yana-da kengroq jalb etish muhimligini alohida taʼkidladilar.

 

Saudiya tomoni O‘zbekiston Respublikasining Afg‘onistonda Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘l liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha saʼy-harakatlari o‘z vaqtida amalga oshirilayotganini taʼkidlab, ushbu loyihani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

Afg‘onistonning yangi hukumatiga nisbatan jahon hamjamiyatining yaxlit pozitsiyasini ishlab chiqmay hamda xalqaro gumanitar yordamni ko‘paytirmasdan turib, mamlakatdagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni bartaraf etib bo‘lmaydi, degan fikr bildirildi.

 

Tomonlar Afg‘oniston masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining maxsus vakillari darajasida maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ismatulla Ergashev Saudiya Arabistonining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus guruhi rahbari bilan uchrashdi | Zamon.uz