Ukraina tufayli Tayvan qurolsiz qoldi
AQSH orolga 18 milliardlik qurol-yarog‘ yetkazib berishda kechikmoqda.

AQSH rasmiylari asosiy eʼtibor Ukrainaga berilgani tufayli Tayvanni yetarli darajada qurol bilan taʼminlay olmasligidan xavotirga tushgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, Vashington Taybeyga 18.7 milliard dollarlik qurol yetkazib bermagan. Xususan, orolga 215 ta Stinger zenit tizimlaridan birortasi berilmagan, shuningdek, 208 ta tankka qarshi Javelin tizimlari ham taqdim etilmagan.
AQSHning bu yilgi qarzi 5 milliard dollardan oshgan. Shu bilan birga na Davlat departamenti, na Pentagon Tayvanga qurol yetkazib berish bo‘yicha muammo borligini tasdiqlamagan.
Amerika Ukrainaning asosiy harbiy donoriga aylandi. Pentagon maʼlumotlariga ko‘ra, Kiyevga hozirga qadar 20 milliard dollarlik harbiy yordam berilgan.







