AQSH Ukrainaga Rossiya bilan muzokaralar masalasida bosim o‘tkazyaptimi?
Oq uy vakili bunga oydinlik kiritdi.

AQSH Rossiya bilan muzokaralar masalasida Ukrainaga bosim o‘tkazmayapti. Bu haqda jurnalistlar bilan suhbatda Oq uyning yuqori martabali amaldori maʼlum qildi.
“AQSH hech qachon Ukrainani muzokaralarga jalb qilish uchun bosim o‘tkazmagan. Biz prezident Zelenskiyning adolatli tinchlikka ochiqligi to‘g‘risidagi bayonotlarini olqishlaymiz”, – degan u.
Bugun Fransiya prezidenti Jozef Bayden bilan muzokara o‘tkazadi. Amaldor Ukraina masalasi ikki davlat rahbari muhokamalari markazida bo‘lishini aytgan.
Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyani Ukraina hukumati bilan muloqot boshlashga chaqirgandi.







