Shvetsiya Ukrainaga rekord miqdorda yordam ajratdi
Bu ukrainaliklarning qishdan chiqishiga yordam beradi.

Shvetsiya Ukrainaga ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi eng yirik mudofaa va moliyaviy yordam paketini beradi. Bu haqda Kiyevga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qirollik tashqi ishlar vaziri Tobias Bilstryom maʼlum qildi.
"Biz havo hujumidan mudofaa tizimlari, o‘q-dorilar, transport vositalari, turli xil qishki jihozlar va kiyim-kechak hamda 270 million yevro olib keldik”, - dedi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi o‘rtalarida Shvetsiya Ukrainaga 60 million dollarlik yordam paketini eʼlon qilgan edi.







