Turkiya Suriya shimolidagi kurdlarga ultimatum qo‘ydi
Ulardan uchta shaharni tashlab ketish talab qilinmoqda.

Turkiya kurdlarning “Suriya demokratik kuchlari” alyansidan uchta shaharni tark etishni talab qildi. Al Jazeera telekanali maʼlumotlariga ko‘ra, gap Xalab provinsiyasidagi Tell-Rffata, Manbija va Ayn-al-Araba shaharlari haqida ketmoqda.
Telekanal manbalaridan biri Turkiya bu hududlarga Suriya hukumati tomonidan nazorat qilinadigan siyosiy institutlar qaytishiga rozi bo‘lganini taʼkidlagan. Shu bilan birga Rossiya Anqaraning Suriya shimolidagi hududlarda harbiy amaliyot boshlamasligi uchun o‘z majburiyatlarini bajarishga harakat qilayotgani qayd etilgan.
Turkiya 20 noyabrdan buyon Suriya shimolidagi Xalab, Raqqa va Xaseke provinsiyalariga avia va artilleriya zarbalarini bermoqda. Shu bilan birga Rajab Toyyib Erdog‘an 23 noyabrda bu hududlarda yerusti amaliyoti o‘tkazilishini maʼlum qilgan.







