Alla Pugachyova Rossiyadagi so‘nggi kompaniyasini yopmoqda
Xonanda sentyabrda Isroilga uchib ketgandi.

Alla Pugacheva Rossiyadagi so‘nggi kompaniyasini tugatish uchun ariza topshirdi. Bu haqda “Meduza” nashri yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, xonanda 23-noyabr kuni tegishli shaklda ariza topshirgan. 100 foiz Pugachevaga tegishli bo‘lgan “ABP” kompaniyasi musiqiy ovoz yozish va albom chiqazish, televideniye va radioyeshittirish sohasida faoliyat yuritish huquqiga ega.
2010-yillarda kompaniya “Radio Alla” radiostansiyasini boshqargan, shuningdek, Pugachevaning chiqishlarini tartibga solgan. Kompaniyaning bosh direktori xonandaning konsert direktori Elena Chuprakova.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Alla Pugacheva oilasi bilan Rossiyani tark etdi, ammo avgust oyida qaytib keldi.
Sentyabr oyida xonandaning urushga qarshi chiqqan turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin “xorijiy agent” deb e’lon qilingandi. Shundan so‘ng Pugacheva Rossiyadan Isroilga jo‘nab ketdi.








