MAGATE Ukraina AESlarida ishtirokini kuchaytiradi
Bundan qanday maqsad ko‘zlangan?

Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) Ukrainadagi barcha AESlarda ishtirokini kuchaytirmoqchi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Rafael Grossi maʼlum qildi.
U Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan shu masalada muzokara o‘tkazgan. Grossining so‘zlariga ko‘ra, MAGATE ishtirokini kuchaytirish orqali energetik infratuzilma himoyasiga hissa qo‘shmoqchi.
Shu bilan birga Zaporojye AES atrofida xavfsizlik zonasini yaratish bo‘yicha ishlar davom etayotgani maʼlum qilingan. Bundan avval Grossi bu bo‘yicha Rossiya va Ukraina vakillari bilan muzokaralarni davom ettirayotganini aytgandi.
Avvalroq MAGATE Moskva va Kiyevni Zaporojye AES bo‘yicha shartnoma tuzishga chaqirgandi.







