Jahon

Makron va qator Yevropa yetakchilari AQSHning yangi iqtisodiy siyosatidan norozi

Yozda Jozef Bayden Amerika iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 400 milliard dollar ajratilishini ko‘zda tutuvchi qonunni imzolagandi.

Makron va qator Yevropa yetakchilari AQSHning yangi iqtisodiy siyosatidan norozi

 

 Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va boshqa Yevropa yetakchilari AQSHning yangi iqtisodiy siyosatidan norozi bo‘lmoqda. Ularning fikricha, bu Ukraina mojarosi va energetik inqiroz tufayli kelib chiqqan iqtisodiy muammolarni chuqurlashtirmoqda.

 

The Wall Street Journal gazetasining maʼlumotlariga ko‘ra, Makronning Jozef Bayden bilan uchrashuvida yuqoridagi masala muhokamalar markazida bo‘ladi. Fransiya yetakchichi Bayden tomonidan imzolangan inflyatsiyani pasaytirish to‘g‘risidagi qonunni Yevropa sanoati uchun tahdid sifatida ko‘rmoqda. Ushbu qonun Amerika iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun yirik subsidiyalar va soliq imtiyozlari berishni nazarda tutadi. WSJ bilan suhbatlashgan amaldorlar buning ortidan Yevropada ishlab chiqarilgan ko‘plab tovarlar — akkumulyator va elektromobillarga zarar yetkazilishini aytgan, chunki imtiyozlar Shimoliy Amerikada chiqqan mahsulotlarga joriy etiladi.

 

Parij energetik resurslarning narxi baland bo‘lgan bir paytda aksariyat ishlab chiqaruvchilarning subsidiya va imtiyoz olish uchun AQSHga ko‘chib o‘tishidan xavotirga tushgan. Buning oldini olish uchun Makron o‘tgan haftada yirik kompaniyalarning rahbarlari bilan Yelisey saroyida uchrashgan va ulardan mamlakatni tark etmaslikni so‘ragan. WSJ qator kompaniyalar bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qilgan, ammo ular uchrashuv haqida hech narsa demagan.

 

Fransuz rasmiylariga ko‘ra, Makron AQSH prezidentidan yangi qonunda Yevropa kompaniyalari uchun istisno joriy etishni so‘ramoqchi. Oq uyning nomi sir qolishni istagan manbalari ushbu masala ikki davlat yetakchilari muhokamasi markazida bo‘lishini taxmin qilgan. Makron, shuningdek, Yevroittifoqni AQSH qonuniga nisbatan birgalikda javob qaytarishga chaqirgan. U E:vropa ichida soliq imtiyozlarini ishlab chiqishni taklif qilgan.

 

Bayden yozda inflyatsiyani yumshatishga qaratilgan qonun loyihasini imzoladi. Bu tashabbus Amerika iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 400 milliard dollar ajratishni ko‘zda tutadi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Makron va qator Yevropa yetakchilari AQSHning yangi iqtisodiy siyosatidan norozi | Zamon.uz