Oq uy: Zelenskiy kuch pozitsiyasida muzokara olib borishi kerak
AQSH Ukrainani muzokaralarga majburlamasligini maʼlum qildi.

AQSH Ukrainaning Rossiya bilan muzokaralarda kuchli pozitsiyada bo‘lishiga yordam beradi. Bu haqda Oq uy milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi maʼlum qildi.
"Bu prezident Zelenskiy hal qilishi kerak bo‘lgan masala. Biz uni muzokaralar stoliga o‘tirishga majburlamaymiz. Ular jang maydonida muvaffaqiyat qozonishi uchun ularning qurolli kuchlariga yordam beramiz", — degan u.
Kirbining qo‘shimcha qilishicha, Vladimir Zelenskiy muzokaralar stolida muloqotni kuch pozitsiyasidan olib borishga tayyor bo‘lishi kerak. Amaldor AQSH shunga eʼtibor qaratishini aytgan.
Avvalroq Vashington Ukrainaga muzokaralar masalasida bosim o‘tkazmayotgani maʼlum qilingandi.







