O'zbekiston

O‘zbekistonda aloqa xodimlari uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda aloqa xodimlari uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi

 

Kecha, 29 dekabr kuni Hukumat qarori bilan Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi” belgisi ta’sis etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilidi.

 

Qarorga ko‘ra, “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni bilan – axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan hamda sohada kamida 15 yil mehnat stajiga ega fuqarolar taqdirlanadi. 

 

“O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan – axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelchi, pochtachi, antennachi-machtachi, operator, feld’yeger kabi ommaviy kasb egalari sohani rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.

 

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar ko‘krak nishoni hamda  “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 aprelgacha vazirlikka taqdim etadi.

 

Ko‘krak nishoni hamda “O‘z kasbining ustasi” belgisi har yili 7 may – aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami arafasida topshiriladi.

 

Taqdirlanganlarga BHMning to‘rt yarim baravari (1 mln 350 ming so‘m) miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi. Mazkur ko‘krak nishoni va belgi bilan bir shaxs bir marta mukofotlanadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda aloqa xodimlari uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi | Zamon.uz