Afg‘onistonda yana bir qator G‘arb OAVlari faoliyati taqiqlandi
“Tolibon” vakili bunga nima sabab bo‘lganini ochiqladi.

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda “Ozodi” (Ozodlik radiosi) va “Amerika ovozi” radiostansiyalari faoliyati taqiqladi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar berdi.
“”Ozodi” va “Amerika” ovozi radiostansiyalari Amerika okkupatsiyasidan keyin efirga uzatila boshlandi. Hozir esa ular hodisalarning bir yoqlama yoritayotgani va jurnalistik etikaga rioya qilmayotgani uchun faoliyati to‘xtatildi”, – degan toliblar vakili Abdul Haq Hamad.
Ushbu ikki radiostansiya efiri bugundan to‘xtatildi.
Avvalroq BMT “Tolibon” davrida Afg‘onistonda iqtisodiy vaziyat og‘irlashganini maʼlum qilgandi.







